48
parametrik va turlar o‗lchovi qatorlarini, tayanch konstruksiyalarni,
buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy
qismlarini aniqlash va qo‗llash asosida birxillashtirish;
mahsulot, uning tarkibiy qismlari, buyumlari, hom-ashyo va materiallar
ko‗rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog‗lanishi;
material va energiya sig‗imini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi
texnologiyalarni qo‗llash;
mahsulotning ergonomik xossalariga talablarning belgilanishi;
metrologik me‘yor, qoida, nizom va talablarning belgilanishi;
standartlashtirish bo‗yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj
oldirish, mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini
kuchaytirish;
xorijiy mamlakatlarning talablari O‗zbekiston Respublikasining xalq
xo‗jaligi ehtiyojlarini qondirgan hollarda ularning xalqaro, mintaqaviy va milliy
standartlarini hamda mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida
to‗g‗ridan-to‗g‗ri qo‗llash tajribasini kengaytirish;
texnologik jarayonlarga talablarni belgilash;
mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish sohasida
xalqaro hamkorlik qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish;
texnik-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriy
qilish;
sinovlarni me‘yoriy-texnika jihatidan ta‘minlash, mahsulot sifatini
sertifikatlashtirish, baholash va nazorat qilish;