Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini
bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va
operatsiyalari loyihalovchining kompyuter texnologiyasi bilan chambarchas
muloqotida amalga oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash texnikasi
vositalaridan muntazam ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi
va kompyuter texnologiyasi orasidagi funktsiyalarni ratsional taqsimlash va
masalalarni mashinada echish metodlarini asosli tanlash lozim.
Fan quydagi mutahasislik bilimlarini egallash imkonini berishi kerak:
- zamonaviy uslublarni rivojlanish mashinaqurilish ishlab-chiqarishini
loiyhalash-texnologik tizim va vositalarini ta’minlash;
- mashinasozlik buyimlari ishlovi va ekspluatatsiyasidagi CAPR TL pogressiv
uslublari;
- komp’yuter texnikasidan foydalangan holda TL dagi matematik modellarni
uslublarini bunyod qilish va tadqiq qilish.