koordinatalar
Masshtab (o‘lchov) deb, surati birni, maxraji xarita-
dagi yoki plandagi (rejadagi) joyning haqiqiy masofaga
nisbatan necha marta kichraytirilganini bildiruvchi
bo‘lakka aytiladi. Demak, masshtab deganda, xaritadagi
chiziqning uzunligini uning tabiatdagi haqiqiy uzunligiga
nisbati tushuniladi. Masshtab tabiiy obyektlarni qanchaga
kichkinalashtirilganini ko'rsatadi. Masalan, 1:1 ООО 000 li
masshtabda xaritadagi 1 sm uzunlikka 1 000 000 sm
masofa to‘g‘ri keladi, ya’ni 10 km. Masshtabning bunday
turi sonli masshtab deb ataladi. Sonli masshtabdan xa-
ritada joydagi hamma masofalar necha marta kichraytirib
berilgani bilib olinadi. Kasr maxrajidagi son qanchalik
katta bo'lsa, masshtab shuncha kichik bo’ladi, ya’ni
masofalar shuncha kichraytirilgan bo'ladi.
Joydagi masofalarni xaritadagi masofalarning uzun
ligiga qarab bilib olish qulay bo'lishi uchun sonli massh-
tabdagi santimetrlar metrga yoki kilometrga aylantirib
14
beriladi. Masalan, 1:1 ООО li masshtabda «1 sm - 10 m»,
yoki 1:100000 li masshtabni «1 sm - 1 km» deb yozish
yoki aytish mumkin. Masshtablarning bunday yozilishi
nomli masshtab deb ataladi.
Xaritadagi yoki plandagi 1 sm ga teng bo'lgan joydagi
masofa masshtabning kattaligi deb ataladi. Masalan,
1:10000 masshtabda 1 sm 100 m ga teng, 1:1000000
masshtabda esa 1 sm 10 km ga teng.
Chiziqli masshtab teng bo'laklarga bo'lingan to'g'ri
chiziqdan iborat, uning har bir bo'lagi ustiga shu bo'lak
joyda qancha masofaga teng ekani yozib qo'yiladi, «0»
dan o'ng tomondagi birinchi bo'lak yanada maydaroq
bo'laklarga bo'linadi. Masalan, 1:10000 — sonli mas
shtab
1 sm da — 100 m — izohli yoki nomli masshtab.
ioom
о
ip o 200
300
400 500
боом —
chiziqli
. ,1
I . I
J
masshtab
Xaritalarning proyeksiyalari bu Yer yuzasini xaritada
tasvirlash usulidir. Yerning qabariq yuzasini xaritaning
tekis yuzasida tasvirlashda bir qancha xatoliklarga yo'l
qo'yiladi. Xaritaiarda geografik obyektlar tasvirlanganda
ularning maydonlari, shakllari va burchaklarini tasvir
lashda xatoga yo'l qo'yiladi. Ana shunday xatoliklardan
birontasini kamaytirish uchun proyeksiyalar (andoza-
larjdan foydalaniladi. Proyeksiyalar uchga bo'linadi:
a) teng burchakli proyeksiya (andoza)lar. Mazkur
usulda burchaklar xatosiz tasvirlanadi, maydon va
15
uzunliklarni tasvirlashda xatoliklarga yo‘1 qo'yiladi.
Bunday xaritaiarda yo'nalishlarni aniqlash qulay;
b) teng maydonli yoki teng hajmli proyeksiya (andoza)
larda maydonlar xatosiz tasvirlanadi, ammo burchaklarni
va shakl lam i tasvirlashda xatoga yo'l qo'yiladi. Teng
maydonli xaritalar, asosan, maydonlarni o'lchashda
foydalaniladi; d) ixtiyoriy proyeksiya (andoza)lar asosida
tuzilgan xaritaiarda burchaklar ham, maydonlar ham
xatolik bilan tasvirlanadi, lekin xatolik kam bo'ladi.
Ixtiyoriy proyeksiyalar orasida teng masofali proyek
siyalar ko'proq ishlatiladi.
Qabariq Yer yuzasini, meridianlar va parallellar to'rini
tekis yuzaga tushirishda yordamchi geometrik
sirtlardan,
xususan, silindr, konus, tekislik va boshqalardan foyda
laniladi. Yordamchi geometrik sirtlarning turlariga qarab
silindrsimon, konussimon va azimutal
proyeksiyalarga
ajratiladi. Silindrsimon andozalarda tuzilgan xaritaiar
da meridianlar bilan parallellar bir-birlarini 90°li
burchak ostida kesishadigan to'g'ri chiziqlardan iborat
tur hosil qiladi. Bunday andozalarda sharsimon yuza
silindr yuzasiga tushiriladi. Ko'pincha dunyo xaritalari
shunday andozada tuziladi. Turli andozalarda turli
xatoliklar bo'ladi, natijada xaritalardagi geografik
obyektlar globusdagi qiyofasiga nisbatan boshqacharoq
bo'ladi. Chunki globusda geografik obyektlar xatosiz
tasvirlanadi.
Geografik koordinatalar. Meridian (tush chizig'i) deb
qutblarni tutashtiruvchi Yer yuzasidan shartli o'tkazilgan
16
eng qisqa chiziqqa aytiladi. Meridianlar shimolga va
janubga yo‘nalgan bo'lib, ularning uzunligi bir xil va
shakli yarimaylana bo'ladi. Parallellar deb Yer yuzasida
ekvatorga parallel qilib shartli o'tkazilgan chiziqlarga
aytiladi. Har bir paralleldagi nuqtalar ekvatorga nisbatan
bir xil masofada joylashadi. Turli parallellarda 10 ming
kilometr hisobidagi uzunlik turlicha bo‘lsa-da, meridian-
larda aksincha, bir xil. Parallellar doimo sharqqa va
g'arbga yo'nalgan bo'ladi.
Meridian va parallel chiziqlarning globus va xarita
lardagi tasviri gradus tolri deb ataladi.
Geografik kenglik deb, meridian yoyning ekvatordan
berilgan
nuqtasigacha
bo'lgan
gradus
hisobidagi
kattalikka aytiladi. Shimoliy va janubiy kenglik ajratiladi,
ekvatordan shimolda joylashgan barcha nuqtalar shimoliy
kenglikka, janubda joylashgan barcha nuqtalar janubiy
kenglikka ega. Kengliklar 0° dan 90° gacha o'zgaradi.
Bitta parallelda joylashgan nuqtalar bir xil kenglikka
ega.
Geografik uzunlik deb, bosh meridian berilgan
nuqtagacha bo'lgan parallel yoyning gradus hisobidagi
uzunligiga aytiladi. Bosh meridian, nolinchi meridian deb
qabul qilingan, undagi hamma nuqtalarning uzunligi 0°
ga teng. London shahridagi Grinvich observatoriyasining
uzunligi bosh meridian deb qabul qilingan.
Yer yuzasidagi nuatanine kengliei va uzunligi shu
nuqtaning geografik кос rdinalalari < е ^ а Ц ^ . ^ J a v o iy
2 0 1 ^ ^
n o m i d a g i
O ’zbekiston MK.
|