12
o
razryadlardan 8 ta kerak bo'ladi (256=2 ). Juda ham murakkab fotorealistik
rangli tasvirlar 1 pikselga 24 razryad talab qiladi. Natijada rastr tasvirli fayllar
o'lchami tasvirni rang chuqurligi o'sgani sari oshib boradi.
Rastrli tasvirlarni
yana bir kamchiligi shundan iboratki, tasvir sifati piksel o'lchamiga bog'liq, u
esa o'z navbatida monitorni imkoniyati bilan belgilanadi. Shuning uchun bir xil
rasm turli monitorlarda har xil ko'rinishga ega bo'lishi mumkin. Rastrli tasvir
o'lchamini o'zgartirish juda ham murakkab ishdir.
Chunki bunday tasvirni
kattalashtirish piksellar sonini o'sishiga olib keladi. Kompyuter grafikasi
sohasidagi mutaxassislar tomonidan juda murakkab rastrli tasvirlar piksellar
«ko' naytirish» yoki “o'chirish (agar tavirni kichraytirish kerak bo'lsa)”
algoritmlari
ishlab chiqilgan, lekin ular doim ham ushbu masalani oqilona
bajara olmaydi.
Web-sahifalarni yaratishda birinchi o rinlardan birini
vektorli grafika
ham egallaydi. Bu tasvirni rasmdagi joylashuvi matematik formulalar bilan
berilgan egri chiziqlar majmuasi yordamida namoyish etish usulidir. Masalan,
istalgan doirani tasvirlash uchun uch-to'rt raqam kerak bo'ladi: radius, markaz
koordinatalari va chiziq qalinligi.
Shuning uchun, vektorli grafika rastrli
grafikaga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega:
•
vektorli tasvirlarni belgilovchi matematik formulalar kompyuter
xotirasida rastrli tasvir piksellariga qaraganda kamroq joy egallaydi;
•
tasvir
(yoki
uning
ayrim
qismlarini)
sifatini
yuqotmasdan
chegaralanmagan kattalashtirish imkoniyati mavjudligi;
•
tasvirni bir platformadan ikkinchisiga ko'chirishning qulayligi.
Albatta, vektorli tasvirlarni o'z kamchiliklari ham mavjud. Masalan,
fotorealistik tasvirni vektorli formatda namoyish qilish murakkabroq.
Flash
yaratuvchilari bunga echimni tonishgan. Flash yordamida Web - sahifalar
tuzishda siz nafaqat vektorli balki rastrli tasvirlarni ishlatishingiz ham mumkin.